"Inter" germaniyalik futbolchi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
25 iyun 2023
Germaniya U-21 terma jamoasi sardori Yann Bissek "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi.

Jurnalist Janluka Di Marcio xabariga ko'ra, Italiya klubi vakillari "Orxus" bilan futbolchining ko'chib o'tish shartlari bo'yicha keligib olishgan. Milanliklar 2 yil davomida futbolchining 7 mln evrolik transfer summasini to'lab boradi.

O'tgan mavsumda Bissek Daniya chempionatida 32 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GianlucaDiMarzio