

"Inter" himoyachisi Franchesko Acherbi Evro-2024 musobaqasida ishtirok eta olmaydi, deb xabar bermoqda Italiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Xabar qilinishicha, 36 yoshli Acherbi chovida og'riq his qilgan. "Skuadra adzurra" bosh murabbyi Luchano Spalletti uning o'rniga "Yuventus"dan Federiko Gattini chaqirdi.
Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionati Germaniyada 14 iyundan 14 iyulga qadar bo'lib o'tadi.



