"Inter" "Jenoa" futbolchisining transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi

Alisher
1 noya 2020
"Jenoa" yarim himoyachisi Nikolo Rovella tez orada klubini o'zgartirishi mumkin.

"Inter" yarim himoyachining transferi borasida bir oy avval muzokaralarni boshlab yuborgani ma'lum bo'ldi.

18 yoshli xavbekning "Jenoa" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

"Inter" italiyalik futbolchining shartnomasini sotib olib, so'ngra uni Genuya klubida ijarada qoldirmoqchi. Rovellaga shuningdek "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.


AlisherMuallif
Manba: fcinter1908.it.