"Inter Mayami" De Bryuynega katta qiziqish bildirmoqda, ammo muzokaralar oldinga siljimayapti. Kevinga Saudiya Arabistonidan qiziqish bor

Alisher Ostonov
13 apr 2025
"Inter Mayami" Kevin de Bryuyne bilan shartnoma imzolamoqchi.

Lionel Messi to'p tepayotgan "Inter Mayami" mavsum so'nggida belgiyalik futbolchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishga katta qiziqish bildirmoqda. Biroq, bu bosqichda muzokaralar oldinga siljimayapti.

Saudiya Arabistoni klublari ham de Bryuyneni qo'lga kiritishni orzu qilmoqda. Eslatib o'tamiz, xavbek mavsum oxirida "Man Siti"ni tark etadi.


Alisher OstonovMaqola muallifi
Qopqoq: x.com/Plettigoal

Izohlar