"Inter" sport direktori Modrichning transferi borasidagi savolga yakuniy javobni berdi

Mirjalol Normatov
12 okt 2018
"Real" futbolchisi Luka Modrichning jamoani tark etishi borasida ma'lumot berildi.

"Inter" sport direktori Pero Auzilio yanvar oyida "Real" futbolchisi Luka Modrichning transfer qilinishi mumkinligi borasidagi savolga "Imkonsiz" deya javob berdi. Ammo xorvatiyalik futbolchi qishda emas, keyingi yozda Italiya klubiga o'tishi mumkinligi aytilmoqda.

Yozgi transferlar oynasi vaqtida Modrich "Inter"ga o'tishga yaqin kelgandi. Ammo noma'lum sabablarga ko'ra, transfer amalga oshmay qolgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia