Interkontinental Kubok-2019. Tojikiston terma jamoasi 2 turda Suriyaga to'qnash keldi

Eldor Akmurzayev
10 jul 2019
Hindistonning Ahmadobod shahrida to'rtta terma jamoa o'rtasida Interkontinental Kubok-2019 o'rtoqlik musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Bugun, Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston terma jamoasi Suriyaga qarshi to'qnash kelib, Komron Tursunov hamda Ilhom Barotovning gollari evaziga zafar (2:0) quchdi. 

Avvalgi turda tojikistonliklar mezbonlarni 4:2 hisobida taslim etishgandi. 

Musobaqada shuningdek, SH.Koreya vakillari ham qatnashmoqda. Ular ilk turda Suriyaga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 

Eslatib o'tamiz, Tojikiston so'nggi turni 15 iyul sanasida SH.Koreyaga qarshi o'tkazadi. 


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

aral2019
11 jul 2019
Сурияни Тажиклархам ютяпти буларда усиш бор омад кушнимизга
Jaloliddin Ikramov
10 jul 2019
Qo'shnilar uchun hursandmiz.
Шохрух Даминов
10 jul 2019
Омад тожикистонга
Paligo
10 jul 2019
Usmon Toshev juda kuchli mutaxassis. Afsuski yurtimizda shunday mutaxassisdan foydalanmayapmiz.
Хамза88
11 jul 2019
Насафга бош мураббий булиб хамма жойди расво килганди кайирда булса хам омадини берсин шу Кашкадарйо якин юламасайиз булгани хурматли тошиев жаноблари!!!!