Internetda tasodifan FIFA 20'ning yangi muqovasi tarqalib ketdi
Eldor Akmurzayev
5 iyun 2019
Videoo'yinlar savdosi bilan shug'ullanib keluvchi Gamestop kompaniyasi tasodifan FIFA 20'ning qachon sotuvga chiqarilishi va muqovasida qaysi futbolchi bo'lishi haqidagi ma'lumotni internet olamiga tarqatib yubordi.
Muqovada braziliyalik forvard Neymar PSJning yangi mavsum libosida tasvirlangan. Agar ma'lumot ishonchli bo'lsa, u holda futbol simulyatori joriy yilning 27 sentyabrida sotuvga chiqariladi.