Iordaniyada eng ko'p sovrin yutgan klub Qarshida "Nasaf"ga qarshi

Narzulla Saydullayev
30 jan 2018
Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida Qarshining "Nasaf" klubi Iordaniyaning "Al Faysali" klubini qabul qiladi.

"Ajdarlar"ning raqibi haqida o'quvchlarimizga malumot beramiz.

Iordaniyaning eng mashhur klublaridan biri bo'lgan “Al Faysali” 1932 yilda tashkil etilgan. Klub 70dan ortiq sovrin yutishga erishgan va mamlakatdagi barcha sovrinlarga ega chiqqan. Ikki marta 2005 va 2006 yillarda OFK kubogida g'olib bo'lgan. "Al Faysali" Iordaniya chempion bo'lish borasida (33 marta), Iordaniya FA kubogi sohibi bo'lish bo'yicha (19 marta), Iordaniya Superkubogini qo'lga kiritish bo'yicha (16 marta) mamlakatda rekordchi hisoblanadi.

“Al Faysali” klubi “ajdarlar”ga begona emas. Mazkur jamoalar bungacha OFK kubogining nimchorak finalida to'qnash kelishgan. 2011 yili 24 mayda, “Markaziy” stadionda bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvda "Nasaf" raqibini 2:1 hisobida mag'lub etgan va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgan.

Iordaniya yuqori ligasida 12 jamoa ishtirok etadi. Ayni paytda “Al Faysali” klubi mamlakatning chempioni hisoblanadi.

Iordaniya ligasida ikki klub etakchilik qiladi. Mamlakat chempionligi yoki boshqa musobaqalarda raqobat asosan “Al Faysali” va “Al Vihdat” klublari o'rtasida kechadi. “Al Faysali” bu mavsum milliy chempionatda 12ta uchrashuvdan so'ng 22 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. 24 yanvar kuni jamoa safarda "Al Yarmuk"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va Qarshiga yaxshi kayfiyatda keldi.  

“AL FAYSALI” SPORT KLUBI
Laqabi
: “Ko'k burgutlar”
Tashkil etilgan sana: 1932 yil 10 avgust
Stadioni: “Xalqaro Amman”, 17619 tomoshabinga mo'ljallangan
Klub xo'jayini: Al Sheyx Sulton Al Odvan
Bosh murabbiyi: Neboysya Yovovich (Chernogoriya)
Sovrinlari: Iordaniya chempioni (33 marta), Iordaniya FA kubogi sohibi (19 marta), Iordaniya Superkubogi sohibi (16 marta), OFK kubogi sohibi (2 marta)


Sobiq Yugoslaviya mamlakatida tug'ilgan Neboysya futbolchilik faoliyatida hujumchi bo'lgan. U Chernogoriya, Turkiya, Serbiya, Belarus, Shveciya, Xitoy va Polsha mamlakatlarda o'ynagan. Bundan 11 yil oldin murabbiylik faolitini boshlagan Yovovich dastlab o'z mamlakatida turli yoshdagi klublar va terma jamoarda ishladi. Chernogoriyaning "Berane" klubini oliy ligaga olib chiqdi, Saudiya Arabistonining "Xajer" jamoasi bilan mavsumni 10-o'rinda tugatib klub rekordini yangiladi.

Neboysya Yovovich ikkinchi bor "Al Faysali"da ishlamoqda. U birinchi bor 2017 yilning 23 mart kuni "Al Faysali" bosh murabbiyi etib tayinlangandi. May oyi boshida klubni Iordaniya chempioni qildi. 24 may sanasida Iordaniya kubogi finalida "Al Jazira" mag'lub etildi. 6 avgustda Arab Chempionlar ligasi finalida Tunisning "Esperans" klubiga imkoniyat boy berildi. 11 avgust kuni yana o'sha "Al Jazira" bu safar Iordaniya Superkubogida taslim qilindi. Qisqa davr ichida klub bilan 3ta sovrin yutgan murabbiy faoliyatini Afrikada davom ettirishga qaror qildi va 28 avgustda Misrning "Zamalek" klubini qabul qilib oldi. Ushbu klubda ham murabbiy ko'p ishlamadi va 3 yanvar kuni "El Gaish"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng istefoga chiqarildi. Qizig'i "Al Faysali" darhol uni ortga qaytarishga qaror qildi.

Murabbiy UEFAning PRO licenziyasiga ega. Ingliz, turk, bolgar va cherngor tillarida so'zlasha oladi. Oilali, bir qiz va ikki o'g'ilning otasi.


Neboysya YOVOVICH
Tug'ilgan sanasi:
28.08.1974
Tug'ilgan joyi: Podgorica, Chernogoriya
Futbolchilikdagi ampluasi: Hujumchi
O'ynagan jamoalari: 1995-1997 "Buduchnost" (Chernogoriya), 1998 "Qaysarispor" (Turkiya), 1998-2001 "Sartid Smederevo" (Serbiya), 2001 "Slaviya Mozir" (Belarus), 2002 "Assiriska" (Shveciya), 2002 "Zeta" (Chernogoriya), 2003 "Xenan Jianye" (Xitoy), 2003-2004 "Zaglebie Lubin" (Polsha).
Boshqargan jamoalari: 2007-2008 "Ribnica", 2008-2009 "Bubamara" U-15, 2008-2010 Chernogoriya U-19 terma jamoasi, 2009-2010 "Buduchnost" U-19, 2010-2011 "Kom", 2011-2012 "Buduchnost", 2012-2013 "Kazma"  (Quvayt), 2013-2014 "Berane", 2014-2015 "Xajer" (Saudiya Arabistoni), 2016-2017 "Sutieska Nikshich", 2017 "Al Faysali" (Iordaniya), 2017 "Zamalek" (Misr).  2018 yil 7 yanvaridan "Al Faysali" bosh murabbiyi.


“Al Faysali”
Darozabonlar

Loai Al Amaireh
Obaida Al Zubi
Mutaz Yosin
Muhammad Al Emvasi

Himoyachilar
Ibrohim Daldum
Ibrohim Al Zavahreh
Oday Zahran
Salim Al Ajalin
Yusuf Al Alusi
Yoir Al Ravashdsheh
Ravad Abu Xizaran

Yarim himoyachilar
Yusuf Abdul Rahmon
Baha Abdulrahmon
Mehdi Alamah
Halil Bani Attiya
Ihab Al Kavaldeh
Ahmad Sariveh
Anas Al Jbarat
Dominik Mendi (Senegal)
Alban Meha (Kosovo)

Hujumchilar
Yusuf Al Ravashdsheh
Bilol Qvaider
Lukash Gikievich (Polsha)
Muhammad Umar Shishani


Narzulla Saydullev tayyorladi


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

bekhzodsaidov
30 jan 2018
Murabbiyi tajribali ekan. Lekin umid qilamanki u bizning Ro'ziqul akani taktikalari oldida ip esholmay qoladi
Шухрат Азимов
30 jan 2018
Эээ хаммаларингдан узр сурайман маколани яхширок укимаганим учун ал файсалийни аждарлар деб аталади деб тушунибман футболга Энди кизикяпман админлар холдинга фикримни учириб юборинглар илтимос. Насафга омад
Neymar Junior
30 jan 2018
Nasaf-Al faysali 6-2
DostoNi
30 jan 2018
battar bolila basharalaringa tupurvorardimu xamma qarab turibdi
Нурафшон_@_Бухоро
30 jan 2018
Куркма Насаф,куркганга куш куринади.Биз бугун мана шу Ал-Файсалини янчиб ташлаймиз.Узбек халки номидан олга НАСАФ,биз сен билан.
Шухрат Азимов
30 jan 2018
Бугун аждарларди ути енмайди совукда учиб колади ана шунда бургутлар (совукка мослашкан куш эмасми) Иордания аждарларини бурдалаб ташлайди
Камол Эшназаров
30 jan 2018
Bugun bir g'alati tush ko'ribman, Nasaf - Al Faysaliy o'yinida asosiy vaqtda xisob 4:4 bo'lgan emish, penaltilar seriyasida Nasaf g'alaba qozonipti. Iloxim tushim o'ngidan kelsin, Omad bugun Nasafga ham Paxrakorga ham.
TFU UFF
30 jan 2018
Небойся, небойся, небойся я тебе подарю много голов Пусть не надеется Иордания мы вам не дадим группу! автор стихотворении Р.Бердиев
superstar
30 jan 2018
Yana stadiondagi rasmlardan qoyilar . nimalar bolyapti? Bilib turaylik
Barca24
30 jan 2018
Nasaf va Paxtakorga omad. Men Nasafni O'zb Arsenali deb bilaman. Sovrin yutmasa ham, mamlakatining eng jozibali o'yin qiberadigan jamoasidir. Xudo xohlasa ikki klubimiz ham yuzimizni yorug' qilishadi..#Surxondan
Ko'proq ko'rsatish