Iskoga APLning yana bir jamoasi qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
2 dek 2018
"Real" yetakchisi Isko faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.

"Goal" xabariga ko'ra, 26 yoshli ispaniyalikka "Liverpul" davogarlik qilmoqda. Madrid jamoasi futbolchisini 70 mln evroga sotishga tayyor.

"Real"ning so'nggi o'yinlaridan birida Isko bosh murabbiy Santyago Solari bilan qo'l siqishmagani uchun tomonlar o'rtasida yaxshigina mojaro boshlangan.

Isko bu mavsumda 14 o'yinda 2 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal