Islom Ismoilov: “Turon”ga Superligadan futbolchilar taklif etiladi”

Narzulla Saydullayev
27 jan 2020
Xabaringiz bor, kecha ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Farg'ona viloyati hokimi kubogi start oldi.

Birinchi turdan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari" - "Turon" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov bilan qisqa suhbat uyushtirdik.

- Avvalambor bugungi bo'lgan birinchi rasmiy o'yin haqida qisqacha malumot bersangiz.

- Bugungi o'yin haqida to'xtaladigan bo'lsak hozirda qish mavsumidagi ilk rasmiy uchrashuvda maydonga tushdik. Bungacha o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushgan bo'lsak, hokim kubogi rasmiy maqomga ega bo'lganligi uchun biz bugungi bahsni rasmiy o'yin sifatida maydonga tushdik. Jamoa Pro-liga jamoasi bo'lishiga qaramasdan bollarda ozgina hayajon bo'ldi. Hozirgi paytda o'zizga yaxshi malum hech qaysi futbolchi o'zining optimal formasini ko'rsata olmaydi sababi endi mavsumga tayyorgarlik ketyapti futbolchilar optimal formaga kirgani yo'q. Shuning uchun o'yinda bir qator kamchiliklar ko'zga tashlandi. Lekin jamoa bugungi o'yinda o'zini oldiga qo'ygan vazifani bajardi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha siz o'ziz ko'zlagan transferlarni almalga oshirishda ko'zlagan futbolchilarni jamoaga jalb etdingizmi?

- Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish maqsadida jamoa Toshkentda 10 kunlik o'quv yig'in mashg'ulotlari va bir qator Pro-liga va Superliga jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdik. Undan tashqari tarkibimizga bir qator yaxshi saviyadagi futbolchilarni jalb etdik. Misol tariqasida Javohir Sohibovni aytishim mumkin. Hozirda jamoaga bir qator Superliga jamoalarida to'p tepgan futbolchilar bilan muzokaralar ketyapti. Agarda bu futbolchilar bilan kelisha olsak ular "Turon" jamoasi azosiga aylanishadi.

Abdulaziz Abduvohidov suhbatlashdi



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Фк Тулуза
27 jan 2020
Суперлигада ўйнаган футболчи дегани, бу зўр футболчи дегани эмас, булар балки пул учун кўчиб юрадиган, 0,5 йилга шартнома тузадиганлар бўлса керак
Shavkat bay
27 jan 2020
шу бола футбол уйнаганми .шу бола хакида билганлар булса тариф беринглар
Xapalak
27 jan 2020
Adminlar anuv 2ala chichqoqni chichib o'tirgan rasmini yo'qotinglar glavniyda turmasin xoinlar...
Zinur
27 jan 2020
Ota ugil yurarding Stasni orqasidan