Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK klubi tarkibni 2 nafar tajribali futbolchi bilan to'ldirdi.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra markaziy himoyachi Islom To'xtaxo'jaev hamda hujumkor yarim himoyachi Sardor Mirzaev OKMK jamoasiga o'tishdi. Har ikki o'yinchi biroz avval olmaliqliklar bilan shartnoma imzolashgan.
Har ikkala futbolchiga Superliganing boshqa jamoalaridan ham takliflar bo'layotgan edi. Jumladan, chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Navbahor" ham ularga jiddiy qiziqish bildirgan edi.
Eslatib o'tamiz, Islom To'xtaxo'jaev bungacha Qatarning "Al Garafa" klubida, Sardor Mirzaev esa Tailandning "Muangtong Yunayted" jamoasida to'p tepib kelayotgan edi.
Izohlar