Ispaniya autsayderi murabbiyini iste'foga chiqardi

“Ueska klubi bosh murabbiy Leo Frankoni vazifasidan ozod etdi”, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

41 yoshli mutaxassis jamoani yozda Rubi ketganidan so'ng, qabul qilib olgandi. Qayd etish kerak, bu iste'fo Ispaniya chempionatida birinchisi bo'ldi. La Liga 8-turidan keyin turnir jadvalida debyutant “Ueska” 5 ochko bilan so'nggi pog'onada bormoqda.


Manba: Уэска расмий сайти