Ispaniya kubogi. “Atletiko” “Elche”ni engga olmadi, “Selta” safarda “Eybar”ni dog'da qoldirdi

Ispaniya kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan ikkita bahs o'z yakuniga etdi.

Elchedagi “Manuel Martines Valero” stadionida mezbonlarga qarshi to'p tepgan “Atletiko” garchi 17-daqiqada Tomas Teyening golidan keyin hisobda oldinga chiqib olgan bo'lishiga qaramay, g'alabani saqlab qola olmadi. Maydon egalari safida lol 52-daqiqada 11-metrlik jarima zarbasidan muvozanatni tikladi -1:1.

“Selta” ham kubokning ushbu bosqichida safarda to'p tepishiga qarmay “Eybar”ni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Vigoliklar birinchi bo'limning o'zida amalda o'yin taqdirini hal etishdi.

1/16 final javob o'yinlari noyabr oyi oxirlariga belgilangan.


Ispaniya kubogi. 1/16 final. Birinchi uchrashuv.

Elche -Atletiko M 1:1

Gollar: 0:1 – Teye – 17, 1:1 – Lolo – 52 (pen).


Eybar- Selta 1:2

Gollar: 0:1 – Kabral – 4, 1:1 – Enrich – 18, 1:2 – Gvidetti – 44



Manba: championat.asia