Ispaniya Kubogi. Barcha yarim finalchilar nomi malum

Aslanov Jasurbek
26 jan 2018
25 yanvar kuni "Barselona" hamda "Espanol" o'rtasidagi uchrashuv Ispaniya Kubogi chorak final bosqichiga yakun yasab berdi.

Chorak final bosqichida qatnashgan ikki ispan grandi turnirni tark etdi. Madridning ikki klubi "Atletiko" va "Real" yarim final masalasini ijobiy hal qila olishmadi.

Chorak final (birinchi o'yinlar)

"Valensiya" - "Alaves" 2:1

"Atletiko" - "Sevilya" 1:2

"Espanol" - "Barselona" 1:0

"Leganes" - "Real" 0:1


Chorak final (javob o'yinlari)

"Sevilya" - "Atletiko" 3:1 (umumiy hisob 5:2)

"Alaves" - "Valensiya" 2:1 (umumiy hisob 3:3, penaltilar seriyasi 2:3)

"Real" - "Leganes" 1:2 (umumiy hisob 2:2, mehmondagi gollar evaziga g'alaba - "Leganes")

"Barselona" - "Espanol" 2:0 (umumiy hisob 2:1)


Yarim final ishtirokchilari: "Sevilya", "Valensiya", "Leganes", "Barselona".

Bugun Toshkent vaqti bilan 16:00da Ispaniya Kubogi yarim final juftliklarini aniqlash uchun qura tashlanadi. Yarim finalning ilk uchrashuvi 31 yanvar, javob bahsi esa 7 fevral kuni o'tkaziladi.


Ispaniya Kubogi to'purarlari:

1. Viktor Kurto ("Mursiya") - 6ta gol

2. Xoakin Korrea ("Sevilya") - 4

3. Munir ("Alaves") - 4

4. Xose Arnais ("Barselona") - 3

5. David Barral ("Kadis") - 3

6. Lionel Messi ("Barselona") - 3

7. Ermedin Demirovich ("Alaves") - 3

8. Xerard Moreno ("Espanol") - 3

9. Kevin Gameyro ("Atletiko") - 3

10. Xuan Karlos ("Tenerife") - 3


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

DostoNi
26 jan 2018
shu maqola shartmidi ex rael midi real midi
Galakticos
26 jan 2018
Ярани тирнаманглар
Аслиддин
26 jan 2018
Барса учун зич таквим давом этмокда хар уч кунда уйин. 17-21-24-28-31 январ 4-7-10феврал
DJ_Hamid
26 jan 2018
Sevilya-Barselona Leganes-Valensiya (mani taxminim)
Зохид
26 jan 2018
олга БАРСАА
Suhrob Matchanov
26 jan 2018
agar barcaga valensiya tushsa barca chiqib ketadi man ko'rasla, bu sevilyaning ham qo'lidan keladi
Tristan
26 jan 2018
Real Madrid bu mavsumda 2 ta unvoni qolga kiritdi. Barsa la ligani va kubokni olsa ularda ham ta boladi Yech hammasiga oydinlik kiritadi
SARVARBOSS 545
26 jan 2018
Барса феврал ойида 1-совринини олади Худо хохласа. Колганларини вакти вактида олиб бораверади. УЗР- БУ йил БАРСА ЙИЛИ ЭКАН.
ROMARYO
26 jan 2018
Шу дейман Реалга КуБОК керак эмасми нима
Crush
26 jan 2018
Мессида тупурар булиш ажойиб имконият, унга факат Хоакин Корреа ракибли килиш мумкин! Коганлада уже гол уриш учун имкон йук
Ko'proq ko'rsatish