Ispaniyaga qarshi bahsda Uelsning asosiy futbolchisi maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2018
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz Ispaniya terma jamoasiga qarshi bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvida hujumchi Garet Beyl xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Beyl "Alaves"ga qarshi LaLiganing 8-tur uchrashuvida jarohat olgan. Futbolchi 80-daqiqada almashtirilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Uels hamda Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi bahs 11 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: B/R Football