

Mezbonlar safida o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 81-daqiqada zaxiraga olindi, yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa jarohati sabab bahsni o'tkazib yuboradi.
Shomurodov 9 va 40-daqiqalarda gol urgan holda dubl qayd etdi.
Istanbul jamoasi ayni damda Turkiya Superligasida 47 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda. Shomurodov esa 18 ta gol bilan to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda.





