"Istiqlol" bosh murabbiyi Ashurmatov va Masharipovning jarohati haqida to'xtaldi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2025
"Istiqlol" bosh murabbiyi Rikardu Sa Pintu o'zbekistonlik ikki himoyachining shikastlanishi haqida gapirdi.

"Istiqlol" uchun yangi mavsum boshlangan, jamoada jarohatlar sabab ikki nafar o'zbekistonlik legioner yo'q. Bosh murabbiy Rikardu Sa Pintu Rustam tez orada qaytishi, Jaloliddin esa mavsumning katta qismini o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

"Afsuski, Masharipovni bir necha oyga yo'qotdik. U barcha poziciyalarda o'ynay oladi, uning yo'qligi achinarli. Umid qilamanki, u tez orada qaytadi. Masharipov bo'lganida Munirni jamoaga qo'shib olmagan bo'lardim.

Masharipov juda og'ir jarohat oldi va operaciyasiz tuzalmoqchi. Faoliyatim davomida o'zimda shunday jarohat olganman  va uch marta oldingi xochsimon bog'lamimdan operaciya bo'lganman, bu juda og'ir ekanini bilaman.

Ushbu jarohatdan keyin qattiq mehnat qilsangiz, o'ynashda davom etishingiz mumkin. Mushaklar ustida ishlashingiz va muntazam ravishda fizioterapiyaga borishingiz kerak. Masharipovning muammosi tez orada hal bo'ladi degan umiddaman.

Rustam Ashurmatovning qaytishini kutmoqdamiz. U yaqin 2-3 hafta ichida qaytishi kutilmoqda", – dedi portugaliyalik murabbiy.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: varzesh3.com