Italiya kubogi. 4-bosqich juftliklari ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2014
Italiya kubogining 4-bosqich o'yinlari sanalari aniqlandi.
2 dekabrda "Lacio" - "Vareze", "Sassuolo" - "Peskara" va "Verona" - "Perudja" uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

3 dekabrda "Atalanta" - "Avellino", "Empoli" - "Jenoa" va "Udineze" - "Chezena" bahslari tashkil etiladi.

4 dekabrda quyidagi o'yinlar bo'lib o'tadi: "Kalyari" - "Modena", "Sampdoriya" - "Breshia".

Italiya kubogi sohibi "Napoli" musobaqani navbatdagi bosqichlardan boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru