Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi ilk turda Qarshida "Nasaf"ga qarshi maydonga chiqadi. O'tgan mavsum ikki bor raqibidan ustun kelgan Boshkovich jamoasi bu safar ham jiddiy qarshilik ko'rsatishga harakat qiladi. Bu borada "So'g'diyona" ustozi Ivan Boshkovich fikrlarini bildirdi.
"Eng qiyin raqib ro'baro' keldi. Amaldagi chempionga qarshi o'ynaymiz. Lekin bu biz uchun qo'shimcha motivaciya beradi. Ular ham jamoamizga o'zgacha chaqiruv tashlashlari tabiiy, chunki o'tgan yili "Nasaf"ni ikki marotaba taslim qilganmiz. O'ylaymanki, qiziqarli uchrashuv guvohiga aylanamiz",- deydi Ivan Boshkovich.
Izohlar