Jahon chempionatining saralash uchrashuvlariga yosh, tajribasiz va yangi futbolchilarni jalb etib, ularni o'yin uslubiga moslashtirish uchun vaqt yo'q, chunki bu juda murakkab - Katanec OFK rasmiy saytiga intervyu berdi

Khoja
19 mar 2024
O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Jahon chempionati-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo'shma saralash bosqichi doirasidagi Hongkongga qarshi muhim uchrashuvlar oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

Jahon chempionatining saralash uchrashuvlariga yosh, tajribasiz va yangi futbolchilarni jalb etib, ularni o'yin uslubiga moslashtirish uchun vaqt yo'q, chunki bu juda murakkab. Bunday muhim bahslar oldidan bizni kelajakda nimalar kutayotganini bilishimiz zarur. Uzoq parvozlar va qisqa vaqt davomida etarli darajada mashg'ulot o'tkazmagan holda mezbon jamoaga qarshi bahs olib borish, so'ng parvoz va bir necha kundan so'ng yana o'yin o'tkazish oson bo'lmaydi, – deydi Katanec.

Quvonarlisi, milliy jamoa sardori va Italiyaning Kalyari klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Osiyo kubogida ishtirok etishiga to'sqinlik qilgan jarohatidan forig' bo'lib, yana safga qaytdi. U Italiya A Seriyasining 28-turidan o'rin olgan Salernitanaga (4:2) qarshi bahsda dubl muallifiga aylandi va jamoasining muhim g'alabasiga hissa qo'shdi. Katanec Eldor va, shuningdek, Hojiakbar Alijonov bilan bog'liq vaziyatni ham eslab o'tdi:



Alijonov Osiyo kubogigacha bizning eng yaxshi futbolchilarimizdan biri edi, u oxirgi bir qancha uchrashuvlarda ajoyib o'yin ko'rsatdi, so'ng jarohati sababli maydonga tusha olmadi va hozir ham tarkibda emas. Shomurodov safga qaytdi, ammo biz uning jismoniy holatiga etibor qaratishimiz kerak.

O'zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 saralash bosqichi doirasida Turkmanistonni 3:1 hisobida mag'lub etib, Eron bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi va 4 ochko bilan E guruhida 2-o'rinni egallab turibdi.

Biroq bosh murabbiy futbolchilar Mong Kok stadionida o'tkazilishi kutilayotgan Hongkongga qarshi uchrashuvda raqibni jiddiy qabul qilishlari kerakligi to'g'risida fikr bildirib o'tdi:

Biz maydonda borimizni berishimiz kerak. Hongkong Osiyo kubogida muvaffaqqiyatsiz ishtirok etgan bo'lishi mumkin, ammo ular avvalgi uchrashuvlarga qaraganda yangilangan tarkibga ega bo'lishlari aniq. Demak, bu bahs oson bo'lmaydi. Futbolchilarni o'yinga jiddiy yondashish kerakligiga ishontirish - mening vazifam. Ha, biz raqibga qaraganda ustundek ko'rinishimiz mumkin, lekin uchrashuvga tayyor bo'lmasangiz, futbol sizga kutilmagan syurprizlarni taqdim etishi mumkin. Agar oldindagi ikki o'yinda g'alaba qozonsak, katta ehtimol bilan, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etgan bo'lamiz.

Uchinchi yildirki jamoani qurishda davom etyapmiz. Biz Osiyo kubogida eng yaxshi hujumchisi turnirda ishtirok etmagan yagona jamoa edik. Agar Shomurodov safda bo'lganida uning eng kamida 4-5 ta gol urishiga ishonchim komil edi.

Srechko Katanec shu vaqtga qadar ham Osiyoda muvaffaqqiyatli faoliyat yuritgan va BAA (2009-2011) hamda Iroq milliy jamoalarini (2018-2021) boshqargan.

Uning fikricha, O'zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalariga munosib raqib bo'la oladigan va, ehtimol, o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqishga qodir bo'lgan jamoaga aylandi.

Eng katta o'zgarish shuki, jamoa avvalgiga qaraganda umuman boshqa uslubda o'ynamoqda. Men bazi futbolchilarni masuliyatni o'z zimmasiga olishlari kerakligiga ishontirdim. Ularda o'zlariga bo'lgan ishonch ruhi oshgan. Shu sababli, har qanday jamoaga qarshi bahsda yaratilgan imkoniyatlarning aksariyatidan unumli foydalanmoqdamiz. Biroq himoyaviy o'yin ko'rsatadigan jamoalarga qarshi muammolarimiz bor.

Futbolchilar men nimani istayotganimni yaxshi tushunishadi, bu juda muhim, chunki ular bilan har kuni ham birga ishlay olmayman va milliy jamoaga jalb etilganlarida, ulardan nima talab qilinayotganini bilishlari muvaffaqqiyat sari katta qadamdir, – deydi murabbiy.


KhojaMaqola muallifi
Muqova: Uzbekistan FA

Izohlar

Rasul M
19 mar 2024
Xullas Katanesga omad...Men shu murabbiyni avalam qollab quvatlaganman xozirxam...Lekin dilni xira qiladigan narsa xar doim negativlar bor...Agar shu murabbiy Jahon chempionatiga olib chiqsa Aqilli murabiiylar expertlar chiqib xozir avalgidek emas Osiyo jamoalariga koproq kvotalar berilgan agar bizni davrimizda shunaqa bolganda bizxam muammosiz chiqar edik deb chiqishadi...Lekin uzbek futbolini chetdan kuzatadigan inson sifatida aytishim mumkinki Shu murabbiy kelgandan keyin Uzbekiston terma jamoasi uyini 100%yaxshi tomonga ozgardi...
Müşťafí07
19 mar 2024
Zor gazini bosilar katanes respekt
MEKSIKA-2011
19 mar 2024
Катанецга омад тилаймиз!! МТЖимизни ЖЧга олиб чиқсин! Муҳим пллада касал бўлиб қолмасин!
Kankret bola N1
19 mar 2024
Man trenerri gapiga 10000000.....% qo'shilaman ortiqcha gapga xojat yo'q negativga xam. Uzb umuman boshqacha o'ynavotti xozlagan raqibga qarab taktika tanlavotti. Emg qizig'i oldin bizani qanaqa o'ynashimizani biloshardi xozir o'zimizayam chunmi qovomiza taktika qanaqa o'yinchila qaysi rolda. Plan A B C. Bor jamoada.Osiyo kibogida kadrlar muammosi xalaqit berdi. Bu yog'iga InshaOlloh xammasi yaxshi bol'adi. Faqat yopilib qamalvolib avtobus qo'yadigan kamandalaga qiynalvomiza. Numaqa kamandalaga dunyoni kuchli jamoalari xam qiynalishvotti sababi xozir deyarli xamma qattiq ximoyalanishni o'rganib ogan. Buni xam yechimi topilib qolar
negmat karabaev
19 mar 2024
ҳар қандай футболчи Жаҳон чемпионатига боришни орзу қилади. агар у аллақачон мураббийга айланган бўлса ҳам. Олга Ўзбекистон.