Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g'alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"

Sherzod Nurmatov
11 nov 2024
Championat.asia sayti vakillari Dohada O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipovni suhbatga tortishdi.


- Jaloliddin, shamollab qolganingiz tufayli oxirgi o'yinda ishtirok etmadingiz. Buning alomatlari jiddiy emasmi?

- Jiddiyroq edi. Oxirgi o'yindan oldin tuni bilan isitmalab chiqdim va mehmonxonada qolishimga to'g'ri keldi. Mana hozir terma jamoa ixtiyoriga etib keldim. Ozgina asoratlari bor. Xudo xohlasa, termamiz o'yinigacha sog'ayib ketaman degan umiddaman.

- Jamoangiz OCHLda Neymar etakchiligidagi "Al Hilol"ga qarshi o'ynadi. Jamoangiz kuchli raqibga mag'lubiyatga (0:3) uchraganiga qaramay, uchrashuv qiziq kechdi. Natija qoniqarsiz, ammo o'yin chiroyli o'tdi. Ushbu bahs haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz...

- "Al Hilol"da dunyo yulduzlari yig'ilgan. Shunga qaramay, munosib harakat qildik. Uchrashuvdan oldin yigitlarga aytib o'tgandim, sheriklarim professional futbolchilar, buni to'g'ri qabul qilishdi. Ularga hozirgi kunda futbolni nomlar o'ynamasligini takidladim. Raqib kichik xatolarimizdan unumli foydalandi. Bizda ham bir talay imkoniyatlar paydo bo'ldi, ammo ulardan foydalanishda oqsadik. "Al Hilol"dagi o'yinchilar xatolarni kechirmaydi va bundan foydalanib qoladi.

- Bizni xursand qilgani, Srechko Katanec kecha tunda terma ixtiyoriga qo'shildi. Avvalgi 2 ta o'yinda usiz maydonga tushishga to'g'ri kelgandi. Uning yo'qligi qaysidir jihatdan sezilganmidi?

- Xohlaymizmi-yo'qmi, u bosh murabbiy. Uning gapiradigan gaplarini eshitib turishga o'rganib qolganmiz. U yonimizda bo'lsa, bu biz uchun yaxshi. Uning kelgani nafaqat futbolchilar, balki muxlislarni ham xursand qildi deb o'ylayman.

- O'zbekiston 14 noyabr kuni Qatarni mag'lub etsa, yaqin raqiblar bilan 9 ochkolik katta tafovut hosil bo'ladi – Eron va O'zbekiston oldinlab ketadi. Shu o'yin haqida qanday fikrdasiz?

- O'ylaymanki, Qatar bilan bahs faoliyatimdagi eng muhim uchrashuvlardan biri. Ushbu o'yinda g'alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz. Buni barcha futbolchilar tushunib turibdi. Xudo xohlasa, qo'limizdan kelgan barcha narsani ishga solamiz. Bundan tashqari, Qatar bilan hisob-kitobimiz ham bor.

- Turkmanistonda intervyu qilganimizda aytgan edim. Xudo xohlasa, shu yilning o'zida mundial yo'llanmasini hal qilishimiz kerak. 6 ochkolik bo'lajak o'yin oldidan qanday motivaciyaga egasiz va jamoadoshlaringizdan nimalarni kutmoqdasiz?

- Yilning 2 ta muhim o'yini. Umuman olganda, faoliyatimizdagi eng muhim bahslar deb bilaman. Bundan-da muhim o'yinlar bo'lmaydi. Menimcha, hech kimga motivaciya zarur emas, buni barcha futbolchilar anglab turibdi. Xudo xohlasa, hammamiz bor kuchimizni berib, shu yil JCH yo'llanmasini naqd qilamiz.

Qatar – O'zbekiston uchrashuv 14 noyabr kuni 21:15 da boshlanadi. KXDR – O'zbekiston to'qnashuvi esa 19 noyabr kuni 17:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Yusupov Iqbol
11 nov 2024
Yutamiz. Agar san penalti tepmasang shu oyinda
JAFAR FC QIZILQUM
11 nov 2024
BIZ ALBATTA JAHON CHEMPIONATIGA CHIQAMIZ AGAR YUTSAK
Fast TV
11 nov 2024
Ким ман билан спорлашади Қатарни ютолмаймиз. 1000 доллардан спор ўйниман. Гапида турмаган ит бўсин.
Dilmurod Umarov
13 nov 2024
Terma jamoamizga omad,g'alabalar yor bo'lsin
Berdiyor Ashurov
11 nov 2024
Agar Shu o‘ynasa o‘yin mazmunli bo‘lardi Bobur va boshqa yoshlar undan 75 80 foiz ustun