⚡️ Jaloliddinov – Osiyoning 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilaridan tuzilgan yil ramziy jamoasida

Eldor Akmurzayev
29 jan 2023
Xalqaro futbol tarixida va statistikasi federaciyasi 2022 yil yakunlariga ko'ra, Osiyoning 20 yoshgacha futbolchilaridan iborat ramziy jamoani taqdim etdi.

Undan O'zbekiston OTJ sardori va hozirda “Olimpik”da bo'lgan Jasurbek Jaloliddinov ham o'rin oldi. Top-11 quyidagi ko'rinishda:

Darvozabon – Masato Sasaki (Yaponiya, “Kashiva Reysol”)

Himoyachilar – Joshu Roulins (Avstraliya, “Utrext”), Jassim Gabir (Qatar, “Al Arabi”), Anrie Cheyz (Yaponiya, “Shtutgart”), Jordan Alan Kortni-Perkins (Avstraliya, “Rakuv”/“Brisben Roar”);

Yarim himoyachilar – Kemeron Pol Jak Pepion (Avstraliya, “Brayton”), Aleksandr Aoraxa (Iroq, KPR), Jasurbek Jaloliddinov (O'zbekiston, "Lokomotiv"/“Olimpik”);

Hujumchilar – Om Chji Son (J.Koreya, “Kvanju”), Abdulla Radif (S.Arabistoni, “Al Taavon”/”Al Hilol”), G'arib Suxayl (BAA, “Shabab Al Ahli”).

Malumot o'rnida, IFFHS talqini bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat o'tgan safargi ramziy termadan Abduvohid Nematov hamda Ibrohimhalil Yo'ldoshev o'rin olgandi.

IFFHS. O'zbekistonning uch klubi 2022 yilgi reytingdan o'rin oldi. “Barsa” 20-o'rinda, Ronalduning jamoasi esa top-500'da ham yo'q

O'zbekistonlik 2 futbolchi XXI asrda milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan to'purarlar ro'yxatidan joy oldi. Peshqadam – Ronaldu, Messi esa ikkinchi 

Braziliya A Seriyasi – 2022 yildagi eng yaxshi chempionat. APL ikkinchi, O'zbekiston Superligasi esa RPLdan yuqorida va Osiyoda kuchli to'rtlikda

Bobir Abdixoliqov – 2022 yil eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchilar o'nligida. U Son va Al Mabhutdan yuqorida qayd etildi


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: IFFHS

Izohlar

Мирзаев А.
29 jan 2023
Бу болача ўпкасини босиб олиб, Элдордан ўрнак олиб фақат меҳнат қилса бирор натижага эриша олади, бўмасам иккинчи Остон бўлади.
A. Po'latov
29 jan 2023
Biz ko‘klarga ko‘tarib maqtaydigan lekin haligacha o‘z o‘yinini to‘liq ko‘rsata olmayotgan, hattoki bitta klubda qo‘nim topa olmaydigan yulduzchamiz...
Dilmurod Sidiqov
29 jan 2023
Александр Аораха (Ироқ, КПР) iroqlik lekin eron bayrogi ostida foliyat oboradimi????????
Зинуp
29 jan 2023
Юлдузни ёкиб булган бу бола
Adham Hasanov
29 jan 2023
Avvalo hammasi kamida Shomurodovdek tanilib, kuchli beshlikda o'ynab ketsin, lekin shu vaqtgacha bunaqa maqtalgan o'yinchilarimizni juda ko'pchiligi hozir superliga deyilayotgan ligamizni jamoalarida ham asosiy o'yinchi bo'lolmayapti