Jambuli Jigaurining yagona goli "Nasaf"ga muhim g'alabani taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
14 sep 2024
"Navbahor" hamda "Nasaf" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 18-tur uchrashuvi yakunlandi.

"Navbahor" - "Nasaf" 0:1

Gol: 56 - Jambuli Jigauri (Oybek Bozorov)

14 sentyabr, 19:30

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: ANvar Marajabov

Zaxira hakami: Nikita Mustafin

Nazoratchi:Viktor Seraziddinov

Komissar: Bekzod Aripov

"Navbahor": 35.Sanjar Quvvatov, 9.Odil Hamrobekov, 10.Jamshid Iskanderov (Navro'zbek Iminjonov, 86), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev (55.Komiljon Tojiddinov, 60), 17.Ruslanbek Jiyanov (88.Asadbek Jo'raboev.70), 21.Giorgi Nikabadze (22.Toma Tabatadze, 60), 23.Yovan Jokich, 24.Dostonbek Abdulhaev, 77.Abror Ismoilov ( 8.Siavash Haqnazari,70).

Zaxira: 18.Eldor Suyunov, 4.Abror Karimov, 7.Azim Ahmedov, 20.Muzaffarxon Mo'minov, 71.Navro'zbek Iminjonov, 

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 65), 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Sidiqov (88.Marko Stanoevich.65), 22.Igor Golban, 28.Shuhrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich, 34.Sherzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (14.Sharof Muhitdinov, 82), 77.Oybek Bozorov. (23.Kuach Yuel,82)

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 3.Shohjahon Sultonmurodov, 20.Viktor Da Silva Matos, 21.Doniyor Narzullaev,  44.Shahzod Akramov, 

Ogohlantirish: 45+1 - Akmal Mozgovoy


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+3. Marushichning o'rniga Akramov maydonga tushdi

90+2. Jokichning uzoqdan yo'llagan zarbasini Abduvohid qaytardi. Qaytgan to'pni yana mezbonlar hujumchisi darvozaga zarba yo'lladi. Yana Nematovdan seyv

Ikkinchi bo'limga +4 daqiqa qo'shib berildi

89. Zoran Marushich uchrashuvga nuqta qo'yishi mumkin edi. Hujumchi Quvvatov bilan birga bir chiqib bordi va zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi noaniq

86. Iskandarovning o'rniga Iminjonov maydonga tushdi

82. Kuach Yuel va Sharof Muhitdinov maydonga tushdi, ular Bozorov va Jigaurini alishtirishdi

Bugungi uchrashuvni stadiondan 9 mingdan ziyod muxlis tomosha qilmoqda

74. Toma Tabatadzening zarbasini darvozabon ushlab oldi

70. Jiyanov va Ismoilov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Jo'raboev va Haqnazari maydonga tushdi

67. Jiyanov yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq uning zarbasi noaniq chiqdi

65. Stanoevich va Abdirahmatov maydonga tushdi, ular Sidiqov va Rahmatovni alishtirishdi

61. Birinchi bo'limda ancha faol bo'lgan "Navbahor" futbolchilari ikkinchi bo'limni ancha sust o'tkazishmoqda

60. Jamshid Boltaboev va Giorgi Nikabadzelar o'rniga Komiljon Tojidinov hamda Toma Tabatadzelar maydonga tushishdi.

56. GOOOL. Bozorovning super uzatmasidan so'ng Jaba hisobni ochmoqda

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+1. Ogohlantirish: Akmal Mozgovoy hakam tomonidan ogohlantirildi

45. Nikabadze G'aybullaevning xato qilishini kutmadi va namanganliklar hujumchisi yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi

42. Hamrobekovning jarimadan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Nematov qaytarmoqda

35. Mehmonlarning uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyati sodir bo'ldi. Zoran Marushichning boshi bilan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini Quvvatov qaytarmoqda

33. Iskandarovning uzatmasidan so'ng Jiyanov to'pni darvozaga joylab qo'yishga harakat qildi, biroq Nematov o'z o'rnida

32. "Navbahor"ning navbatdagi hujumi xavfli chiqdi. Bu safar Ismoilovning zarbasini himoyachi qaytarmoqda

26. Mezbonlarning navbatdagi xujumi xavfli chiqdi. Bu safar Mirsadiovning uzatmasidan so'ng mehmolar himoyachisi to'pni burchakka chiqarib yubordi

25. Iskandarov ajoyib harakat qildi va zarba yo'lladi, zarbani Nematov ushlab oldi

19. Javohir Sidiqovning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

14. Jiyanov va Iskandarov ajoyib harakat qilishdi. Mehmonlar qiyinchilik bilan to'pni burchakka chiqarib yuborishdi

11. Abror Ismoilovning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

5. Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng Jokich zarba berishga harakat qilib ko'rdi, biroq u to'pga etib kela olmadi

4. G'olib G'aybullaevning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib, qaytmoqda



Uchrashuv boshlandi


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Farhod Yusupov
14 sep 2024
Nasaf chempion
Farhod Yusupov
14 sep 2024
Nasafga oʻxshashi yoʻq
Farhod Yusupov
14 sep 2024
Boʻshashmaslik kerak Nasaf hali chempion boʻlmadik bu yil hamma kurashyapti oʻyinlarda
Farhod Yusupov
14 sep 2024
Chemionlik uchun yana 5 ta gʻalaba kerak
Dilmurod tog'a
14 sep 2024
Навбахор уйнашни хохламади кераксиз уйиндек харакат Килли уйинчилар купи мавсумни якунлаш учун уйнагандек булди