Jamshid Saidov: "Barchasi 5 dekabr kuni hal bo'ladi"

Mirjalol Normatov
2 dec 2023
Coca-Cola Superliga 26-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


“Bugungi uchrashuv haqida nima deyish mumkin? Biz ko'proq yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. O'ylaymanki, yoshlar ishonchni oqladi. To'g'ri, xatolar bo'ldi, ammo g'oliblar muhokama qilinmaydi. Yosh futbolchilar debyut qilgani va ajoyib o'yin ko'rsatganidan xursandman.

Biz har bir uchrashuvga maksimal tayyorlanamiz. O'ylaymanki, 5 dekabr kuni hammasi hal bo'ladi. Kim kuchli bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi”, – dedi Saidov.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: pfl.uz

Izohlar

Арсенал 14
2 dec 2023
Qanday qilib bo'lsa ham Neftchini yutish kk edi, shunda Sug'diyona bn o'rni almashgan bo'lardi. Kechagi o'yinda dublyordagi bolalarni birortasi o'zini ko'rsata olmadi.
Арсенал 14
2 dec 2023
Sh.Jo'raev, A.Sanoev va yana bir-ikkitasi bn xaerlashish kk, agar Qizilqum Superligada qolsa.Omad Qizilqumga