Jamshid Saidov: "Dinamo"da xavfli futbolchi faqat Kojo emas"

Administrator
30 may 2024
Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Qizilqum" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yinni ko'rdinglar, jamoamiz qiyin vaziyatdan chiqib kyetish uchun harakat qildi. Tezkor gol, ikkita penalti natijaga bevosita ta’sir ko'rsatdi. Navoiydan kelib, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman va uzr so'rayman.

- Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'yinni qay darajada kuchaytirishdi?

- Shahboz Jo'rabekov jarohat oldi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar harakat qilishdi. Biroq, yosh futbolchilarga ayrim vaziyatlarda tajriba etmagan bo'lishi mumkin.

- "Dinamo" ketma-ket durang natijalar qayd etayotgandi. Jamoani o'yindan oldin o'rganib chiqilganmidi?

- Albatta o'rganamiz. "Dinamo" himoyada yaxshi o'yin ko'rsatadi. Shuningdek, jamoa qarshi hujumlarda ham xavfli. Hozir barcha jamoalar kim qanday o'ynashini yaxshi biladi.

- "Dinamo" to'purari Kojo uchun kimnidir personal biriktirganmidingiz?

- "Dinamo"da faqat Kojo emas, Hojimirzaev ham xavfli. Bizda ularni yopish uchun rejalar bor edi, o'xshamadi. Ikkita penalti o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatmay qolishi qiyin.

- "Qizilqum" ham "Dinamo" kabi o'z maydonida o'ynamayapti. Bu holat natijaga ta’sir ko'rsatadimi?

- Ha, bu biz uchun qiyinchilik tug'dirayapti. Uzoq yo'l bosib kelib, o'ynashga majburmiz. Har bitta o'yinga safar uchrashuvi sifatida qaralsa ham bo'laveradi. Muxlislar uchun ham bu holat qiyinchilik tug'dirayapti.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia