Jamshid Saidov: "Har bir ochko uchun jon-jahdimiz bilan kurashyapmiz"

Sherzod Nurmatov
18 okt 2020
Superliga 19-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

Birinchi navbatda yigitlarga rahmat aytmoqchiman. "Nasaf"ga qarshi o'ynash qiyin, lekin ular o'z oldilariga qo'yilgan talablarni yaxshi bajarishdi.

"Buxoro" maydonning har bir qarich eri uchun kurash olib bordi. Bunday o'yin bilan jamoa Superligada qolishiga ishonsak bo'ladimi?

Turnir jadvalida hali oxirgi o'rindamiz. Lekin o'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz va har bir ochko uchun jon-jahdimiz bilan kurashyapmiz. Yigitlarga katta rahmat demoqchiman. Ko'plab yoshlar o'ynamoqda, jumladan, bugun shulardan 2 tasi maydonda harakatlanishdi. Bular – G'iyosov va Muzaffarov. Ular birinchi marta maydonga tushishdi. Bundan keyin ham har bir ochko uchun astoydil kurashamiz.

"Buxoro" jamoasi "Mashal" maydonida to'p tepyapti. Umuman olganda, ular yaratib berayotgan sharoit va imkoniyatlar sizlarni qoniqtiryaptimi?

Albatta, "Mashal" rahbariyatiga tashakkur izhor etamiz. Afsuski, o'z maydonimiz hali tayyor emas, bu yil tayyor bo'lish-bo'lmasligi ham noma'lum.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia