Janluiji Donnarumma: "Milan" sardori bo'lishni istayman"

Tolibjon Qosimov
22 okt 2016
"Milan"ning 17 yoshli darvozaboni Janluiji Donnarumma kelajakda jamoa sardori bo'lishga umid qilayotganini tan oldi.
"Milan"da o'ynash - orzuim bo'lgan. Endi esa jamoa sardori bo'lishni xohlayman. 10 yildan keyin bo'lsa ham. Men doimiy tarzda maydonga tushayapman, bundan yaxshiroq bo'lmaydi. O'zimni 38 yoshda qayerda ko'rayapman? Umid qilamanki, o'shanda ham "Milan"da bo'laman", - deya Donnarummaning so'zlarini keltirmoqda "goal.com".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: goal.com