Janni Infantino FIFA prezidentligiga qayta saylandi

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2019
Parijda bo'lib o'tayotgan FIFAning 69-kongressida tashkilot prezidenti Janni Infantino o'z lavozimiga qayta saylandi.

Endilikda u 2023 yilga qadar FIFAga rahbarlik qiladi.

49 yoshli shveytsariyalik mutasaddi FIFA prezidentligiga yagona nomzod edi. Infantino FIFAni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. U Yozef Blatter o'rniga FIFA prezidentligiga saylangandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz