Janubiy Koreya terma jamoasi argentinalik murabbiyni taklif qilmoqchi

Оқил Абдубарноев
13 yanv 2023
Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiylik uchun asosiy nomzodlarni aniqladi.

Osiyo termasi argentinalik mutaxassis Marselo Belsa va bosniyalik tajribali murabbiy Vohid Halilxojich variantlarini ko'rib chiqmoqda.

So'nggi jahon chempionatida Janubiy Koreya guruhdan chiqdi va 1/8 finalda Braziliyaga imkoniyatni boy berdi. Ushbu natijaga qaramay, koreyaliklarning portugaliyalik murabbiyi Paulu Bentu turnir yakunlanganidan so'ng darhol o'z lavozimini tark etdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: todomercadoweb.es