“Jarohatlar bo'lmaganida Qatardan o'tardik” – Orif Tolipov

Narzulla Saydullayev
22 fev 2024
Futbol sharhlovchisi Orif Tolipov Zoir Tursunboevga bergan intervyusida O'zbekiston milliy terma jamoasining Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

Uning aytishicha, terma jamoada bir-biriga zid holatlar ko'p bo'ldi.

“Oxirgi uchrashuvimiz ham (Qatar bilan – tahr.) paradokslarga to'la. Yutishimiz mumkin bo'lgan, penaltilarga olib bormasligimiz, hatto penaltilar seriyasini o'zida yutish mumkin bo'lgan holatda musobaqani tark etdik. Musobaqaning o'zi ham paradokslarga to'la. Terma jamoamiz juda ko'p jarohatlar bilan bordi. Bosh murabbiy ham turnir davomida bir qator o'zgarish qilib, vaziyatlardan chiqib ketgan vaqtlar ham bo'ldi.

Agar bir yo'nalishda baholash kerak bo'lsa, qiynalaman. Ham ijobiy, ham salbiy holatlar bor. Natija bundan ham yaxshi bo'lishi mumkin edi. Bu bahonadek ham bo'lib qoldi, ammo fakt – yo'qotishlar ko'p bo'ldi. Eldor Shomurodovdan keyin ham Aliqulov, Alijonov, Sergeev va hokazo. Etarli darajada bo'ldi. Jarohatlar bo'lmaganida Qatardan o'tardik”, – deydi u.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia