Jasur Yaxshiboev "Legiya"dagi ilk mashg'ulotida ishtirok etdi

Sherzod Nurmatov
15 fev 2021
Bu haqda Polsha klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev Varshavaning "Legiya" klubida o'zining dastlabki mashg'ulotini o'tkazdi.  

"Legiya"  jamoasi kecha Polsha Ekstraklasasining 17-turida "Yagelloniya" bilan bellashib, durang qayd etdi (1:1).  Varshavaliklar safini to'ldirgan Jasur Yaxshiboev ushbu o'yin uchun qaydnomadan joy olmadi, u o'z debyutini keyingi turlarda o'tkazishi mumkin. 

"Legiya" bosh murabbiyi Yaxshiboev haqida fikr bildirdi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: legia.com