JCH-2021. Qozog'iston guruhdan birinchi o'rin bilan chiqdi + jadval

Tolibjon Qosimov
20 sen 2021
Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

"A" guruhida qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi guruh g'olibligi uchun Venesuela bilan bellashdi. Bahs yakunlanishiga 11 soniya qolganda venesuelaliklar hisobni tenglashtiruvchi golni kiritishdi. Shu tariqa, Qozog'iston 7 ochko bilan o'z guruhida peshqadam bo'ldi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Kosta-Rika termasi mezbonlar Litvani 6:2 hisobida taslim etdi.

Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2021

"A" guruhi

3-tur, 18.09.2021

Venesuela - Qozog'iston 1:1

"Vilnyus Arena", Vilnyus

Gollar: Vidal 40 - Duglas 5

Ogohlantirish: Esenamanov 30


Kosta-Rika - Litva 6:2

"Kaunas Arena", Kaunas

Gollar: M.Tierino 19, 29, J.Kordero 19, Derendiaev 32, D.Gomez 34, 40 - Samsonik 8, Zagurskas 38

Ogohlantirishlar: A.Santamaria 17 - Reimaris 8, Samsonik 15, Baranauskas 22, Zagurskas 30

Chetlatish: S.Vargas 11


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia