JCH-2022. Ronaldu uchun kechagi bahs qanday o'tdi? Barchasini suratlarda tomosha qilamiz

Omonjon To`xtamirzayev
7 dec 2022
Tunda Portugaliya terma jamoasi 1/8 final doirasida Shveycariyani yirik hisobda taslim etib, JCH chorak finali yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Kecha kunning asosiy yangiliklaridan biri: Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasining JCH 1/8 finalida Shveycariyaga qarshi bahsda zaxira o'rindig'ida qoldirildi.

Biz esa 2004 yildan buyon birinchi marta zaxirada qolgan Ronaldu uchun bellashuv qanday o'tganini suratlar orqali ko'rsatib berishga harakat qilib ko'ramiz.

Katta ehtimol u Santushning qarorini oldinroq bilib ulgurgan va chigalyozdi mashqlari vaqtida shu malumotni xazm qilayotgandi.

Tarixiy tablo! Aytgancha, Ronaldu sog' bo'lsa, yirik musobaqalarda 2004 yildan buyon Portugaliya termasi zaxirasida qolmagan!

 

O'yindan avval Pepe bilan "besh tashlab" kayfiyatni ko'tarmoqda. 


Biroq baribir kayfiyat unchalik yaxshi emasligi bilinardi.



Bunaqasini ko'rmagan bo'lsangiz kerak – Portugaliya davlat madhiyasi yangrayotgan bir pallada fotokameralarning aksariyati asosiy tarkib emas, zaxira o'rindig'i tomoniga qaratilgandi.


Madhiyani albatta birga kuylash lozim


"Men yaxshiman"

Yoki...

Qandaydir sog'inch bilan trinularga qarayapti

U erda esa...

O'yin boshlangani haqidagi hushtakdan keyin esa – yo to'liq koncentraciya, yoki o'z olamiga "ketib qoldi". 

Qaysidir pallada Krishtianu o'rnidan sakrab turdi va jamoasi gol urganini ko'rdi! Golni esa asosiy tarkibda aynan Ronalduning o'rnini egallagan Gonsalu Ramush urdi. 

"Bo'shashmanglar"


Qiziq, Ronaldu bu vaziyatda Bernardu Silvaga nima degan, deb o'ylaysiz?

 

Ikkinchi gol va Ronaldu rostmana xursand bo'ldi.


Biroq Ronaldu bunday o'yinda maydonga tushmasa bo'lmasdi 

Ikkinchi bo'limda Krishtianu maydonga tushishga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Maydon chetiga kelarkan Ronaldu muxlislar tomon qarsaklar chaldi.

70-daqiqada uning oldiga Fernandu Santush kelganida esa Ronalduga vaqt berilishi aniq bo'ldi.

Personal muxlislarini beetibor qoldirmadi.

Joau Feliksga "besh tashlab", ishga kirishdi!

 

Bitta kuchli zarba berishga ham ulgurdi.  

Keyin yana tushunarsiz vaziyat

Ronaldu g'alabani hamma bilan nishonlamadi. Tribunalar oldiga keldi, muxlislarga rahmat aytib, qarsak chaldi va qolganlar u erga endi etib kelayotganda, birinchi bo'lib kiyinish xonasiga yo'l oldi.




Nozima To'xtamirzaeva tayyorladi

Foto: REUTERS/Kai Pfaffenbach, Hannah Mckay, Suhaib Salem, John Sibley, Paul Childs, Carl Recine, Peter Cziborra; Twitter/sgevans 


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: sports.ru

Izohlar

Футбол ичидаги юрист
7 dec 2022
38 yoshga yetmay qay o‘yinchilar faoliyatini tugatib yuboradi biroq Ronalduning bir o‘yindagina o‘yinni asosiy tarkibda boshlamaganligi juda katta rezanans berdi chempionatda
Mr.John
7 dec 2022
vayyyyyy blatttt endi tualetga qanaqa qilib kirdiyu qanaqa qilib chiqdi qanaqa ovozlar. chiqdi shuniyam yozinglarr zzzzz qildiyu bularr
REAL_MADRID_N11
7 dec 2022
Ronalduni maqtayotganlar Zirakka qaranglar.
Futbol tv 3
7 dec 2022
Раналду профессионал футболчи жуда ҳурмат қиламан.
shuxratxolboyev
7 dec 2022
Qatar 2022ga boramizmi.nikli Ronalduni tashaği dadangni qara biron nima deb yozib qöy dadeng xaqida tupoy nima balo aminga tushib ketdingmi yöqsan chiq endi amingdan yozib tur tupoy