JCH-2026 saralashi. Afrika qitasida final uchrashuvida sensaciya qayd etildi

Khoja
17 noya 2025
Kecha Afrika qitasida 2026 yilgi jahon chempionati saralashi guruh bosqichida o'z guruhida 2-o'rinni egallagan eng yaxshi 4 jamoa ishtirokida pley-off bahslarining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Finalda Nigeriya va Kongo DR bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad Kongo DR terma jamoasiga kulib boqdi. 

Shu tariqa, Kongo DR qitalararo pley-off musobaqasiga yo'llanma oldi va  ushbu kichik turnirdagi g'alaba ularga JCH yo'llanmasini taqdim etadi. 

JCH-2026 saralashi. Afrika

Pley-off. Final

Nigeriya - Kongo DR 1:1

Penaltilar seriyasi - 3:4.

Gollar: Onieka (3) - Meshak (32).



KhojaMuallif
Manba: championat.asia