JCH-2026 saralashi. O'zbekiston "Ozodi"da Eron bilan durang o'ynab keyingi bosqichga mag'lubiyatsiz yo'l oldi

Iskandarov Abdulaziz
11 jun 2024
JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan Eron - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

JCH-2026 saralashi

Eron - O'zbekiston 0:0 (TUGADI)

11 iyun 2024. Tehron, "Ozodi" stadioni. 22:00 (Toshkent vaqti)

Hakamlar: Kim Jong Xyok, Park Kyung Yong, Jang Jong Pil, Chae Sang Xyop.

Eron: 1. Alirizo Beyranvand, 4. Shojai Xalilzoda, 2. Saleh Hardani, 13. Xosseyn Kanani, 5. Milad Muhammadi, 14. Saman G'oddos (11. Shaxriyor Moghanlu, 88), 21. Omid Nurafkan ( 6. Muhammad Gorbani, 74), 16. Mehdi Torabi (18. Abolfazi Jalali, 88), 7. Alirizo Jahonbaxsh, 20. Serdar Azmun, 9. Mehdi Taremi.

Zaxira: 10. Javad Agaeipur, 17. Muhammadrizo Asadi, 15. Muhammad Xazbavi, 19. Mehdi Lyamushi, 22. Pour Hamidi, 23. Ariya Yusufi, 3. Arif Golami,12. Piam Niazmand, 8. Allaxyor Sayyadmanesh

O'zbekiston: 1. O'tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farrux Sayfiev (12. Abdulla Abdullaev,89), 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov ( 6. Diyor Xolmatov,70), 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (21. Aziz Amonov,70), 11. Oston O'runov (20. Xojimat Erkinov,89) 13. Sherzod Nasrullaev, 14. Eldor Shomurodov (22. Abbos Fayzullaev,57), 23. Husniddin Aliqulov.

Zaxira: 12. Abduvohid Nematov, 16. Botirali Ergashev,    8. Jamshid Iskanderov, 3. Muhammadqodir Hamraliev, 19. Aziz Turg'unboev, 

Ogohlantirish: Abduqodir Husanov (O'zbekiston) 18, Saleh Hardani (Eron) 89


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89. OGOHLANTIRISH. Eron, Saleh Hardani

88. O'ZGARISH. O'zbekiston, Oston O'runov o'rniga Xojimat Erkinov tushdi, Farruh Sayfiev o'rniga Abdulla Abdullaev tushdi. 

88. O'ZGARISH. Eron, Saman G'oddos o'rniga Shaxriyor Mo'ghanlo tushdi. 

78. ZARBAAAA. Nasrullaev raqib darvozasiga kuchli zarba yo'lladi. Zarba xavfli lekin noaniq  ko'rinish oldi. 

76. ZARBAAAA. Aliqulovning zarbasini Beyronvand qiyinchilik bilan qaytardi. 

74. O'ZGARISH. Eron, Omid Nurafkan o'rniga Muhammad Gorbani tushdi. 

70. O'ZGARISH. O'zbekiston, Otabek Shukurov o'rniga Diyor Xolmatov, Jaloliddin Masharipov o'rniga Aziz Amonov tushdi. 

67. ZARBA. UX. Torabining zarbasi Yusupov turgan darvozasining to'siniga tegdi. Erondan ketma ket hujumlar. 

65. ZARBA. Taremining zarbasi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdiii. 

63. UUUUX. Yusupov to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. Azmunning uzatmasini Jahonbahsh darvozaga aniq yo'llay olgani yo'q. 

61. ZARBA. Aliqulovning zarbasi juda va juda noaniq ketdi. 

57. O'ZGARISH. O'zbekiston, Eldor Shomurodov o'rniga Abbos Fayzullaev tushdi. Kutilmagan o'zgarish. 

54. Eron tempni oshirdi, Nurafkon yana zarba yo'lladi. Nurafkonga bugun ko'p imkoniyat berib yubormoqdamiz. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45+2. UUUX. Husanov eronlik futbolchining uzatmasini boshi bilan qaytarib yubordi. To'p darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Eron bosimni oshirdi. 

44. ZARBA. Nurafkaning jarima zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

43. Eron jarima maydonchamizga yaqin xududda jarima zarbasini ishladi.

42. ZARBA. Omid Nurafkanning zarbasi xavfli chiqdi. Ammo zarba noaniq. Xudoga shukur!

35. ZARBA. Navbat Erondan hujum. Nasrullaev raqibini o'tkazib yubordi. 

32. ZARBAAAAAAAAAAA. Oston O'runov raqib taqibidan qochib darvozabon bilan birga vaziyatga chiqib bordi va noaniq zarba yo'lladi. Eh, Oston!

30. O'yin tengkurashlar ostida kechmoqda. 

24. Yana G'oddos uzoq masofadan zarba yo'lladi. Ancha noaniq. 

21. O'tkir Yusupov G'oddosning zarbasini osonlikcha ushlab oldi. 

18. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Abduqodir Husanov raqibini qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

16. Masharipovning uzatmasi noaniq ketdi. 

15. Masharipov qanotda oldinga o'tdi va jarima zarbasini ishladi. 

12. Xavfli vaziyayayat. Mehdi Taremi va O'tkir Yusupov duelida Yusupov to'pga yaxshi chiqib keldi va vaziyat qahramoniga aylandi. 

10. Uchrashuvni ko'rishni istayotganlar uchun havola - JONLI EFIR

2. Xavfli vaziyat. O'tkir Yusupov to'pni qaytarish fonida to'pni raqibga topshirib qo'ydi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. 

O'yinga start berildi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Barcha narsa shay holatda. Olg'a, O'zbekiston!


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Bek 777@
11 jun 2024
Bugun Eron yutsin an ana davom etsin. Oto bobolarimiz yep kegan bizxam yeymiz vax xa xa
negmat karabaev
12 jun 2024
лекин 1 таймда худики тики така килишти бизни болар. агар шундай 90 минут кила олишсаеди бомба булариди.
Shukrullo Turgunov
11 jun 2024
Shu tanaffus vaqtida fikr o’qib mazza qiladida odam )) O’yin boshlanguncha motivatsiya berib, o’yin boshlangach hamma negativ maskani taqadi )) Mazza qilib o’yin ko’relik undan ko’ra ))
✨Ғайрат Муҳаммад????
11 jun 2024
Сайфини тезроқ олиш керак ўйиндан. Турғунбоев бўса таша ўшани
erkak bolsang chida
12 jun 2024
Холматов келажаги бордир. Лекин олимпиадага боришга мос эмас. Японлардан утказилган голда хам Уни хатоси эди. Шунака хатоларни бугун Юсупов хам килди. Асосиий дарвазобон деб уйлавоти узини Кани концентрация? Олимпиадага Хусниддин Аликулов бориши шарт
Realist 2
11 jun 2024
Ashurmatov balki qora mehnat qilayotgandir. Lekin bitta vaziyatda ofsaidni ushlolmadi, sal qoldi Husanov avtagolga. O'tkir nega baqirasan Abduqodirga.
CA BOSS
11 jun 2024
Сайфиев ~~Файзуллаев, Насруллаев- Эркинов.. Замена.. Остон хозирча энг зўри. Олға ЎЗБЕКИСТОН. PS: ~ Дарвозабон энди у алохида мавзу..
erkak bolsang chida
12 jun 2024
Боя кимдирлар эрон 2:0 ютади деб ёзганди. Лекин Ман ютишимиз мумкин деб уйинни курдим
Акрамжон Мамаджонов
11 jun 2024
Умумий олганда емон эмас, лекин кейинги боскичда кийинрок булади бу уйин бн! Насрулаев мандраж бупколяпти, Сайфиев доимгидек нервинний! Уткирни урнига Нематовни куйиб куриш керагиди тажриба туплаволарди Абдувохид! Буш келманглар йигитлар! Узбекистон олга!!!!
Иқболжон Ўринов
11 jun 2024
Ikkinchi taymda Fayzullayev bilan Erkinov tushsa ancha o‘yinimiz kuchayadi va gol uramiz InshaAlloh
Ko'proq ko'rsatish