JCH-2026 saralashi. Markaziy Osiyo derbisida O'zbekiston kambek qayd etdi va guruhda peshqadamga aylandi

Iskandarov Abdulaziz
10 sep 2024
Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi.

JCH-2026 saralash bosqichi. 

Qirg'iz Respublikasi - O'zbekiston  2:3 (TUGADI)

10.09.2024. Bishkek. Dolen Omurzakov stadioni. 

Hakamlar: Ahmad al-Ali, Abdulhadi al-Enezi, Ahmad Abbos, Ammar Ashkanoni (Kuvayt)

Gollar: Joel Kojo (Alimardon Shukurov) 15, Eldor Shomurodov (Otabek Shukurov) 17, 1:1, Odiljon Abdurahmonov  (Eldiar Zaripbekov) 35, 2:1, Husniddin Aliqulov (Sherzod Nasrullaev) 45 2:2, Oston O'runov (Eldor Shomurodov) 72 2:3

Qirg'iz Respublikasi: 1. Erjan Tokotaev, 2. Valeriy Kichin, 3. Tamirlan Kozubaev, 6. Kristian Brauzman, 7. Joel Kojo (9. Ernist Batirkanov,78), 12. Odiljon Abdurahmonov, 14. Aleksandr Mishenko (4. Said Datsiev, 89), 17. Eldiar Zaripbekov (11. Kimi Merk, 89), 18. Kairat Jgalbek Uulu (10. Guljigit Alikulov, 60), 19. Ermek Kenjebaev (15. Suiuntbek Mamaraliev, 78) 22. Alimardon Shukurov 

Zaxira: 5. Arslan Bekberdinov, 8. Ahmedov Murolimjon,  3. Sultan Chomoev, 16. Artyom Priadkin, 20. Nurdoolot Stalbekov, 21. Kai Merk, 23. Erbol Atabaev

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 3.Xojiakbar Alijonov (19. Aziz Turg'unboev,62) , 5.Rustam Ashurmatov (Abdulla Abdullaev, 62), 7.Otabek Shukurov, 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (22. Abbosbek Fayzullaev, 75) 11.Oston O'runov (20. Xojimat Erkinov,89), 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Eldor Shomurodov, 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: Ergashev, Nematov, Sayfiev, Hamraliev, Mozgovoy, Iskanderov, Amonov, Abdixoliqov, 

Ogohlantirish: Rustam Ashurmatov (O'zbekiston) 33, Eldor Shomurodov 90+4


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. 

90+4. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Eldor Shomurodov

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. ZARBAAA. Alimardon Shukurovning jarimadan yo'llagan zarbasini Yusupov qaytardi. Mezbonlar qo'shishdi. 

88. O'ZGARISH. Qirg'iz Respublikasi

87. O'yinda biroz temp pastladi. Hammasi nazoratimizda. 

80. Bugungi uchrashuvni iqtidorli murabbiy Timur Kapadze ham stadiondan kuzatmoqda. 

78. O'ZGARISH. Qirg'iz Respublikasi, Joel Kojo o'rniga Ernist Batirkanov

78. Bugungi uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qilish uchun 13282 nafar muxlis tashrif buyurdi.

75. O'ZGARISH. O'zbekiston terma jamoasida Jaloliddin Masharipov o'rniga Abbosbek Fayzullaev tushdi. 


72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. OSTOOOOOOOOOOOON O'RUNOOOOOOOOOV. Bir o'zi barchasini hal qildi. Eldorning pasini qabul qilib olgan Oston O'runov jarima maydonchasi ichiga kirib borib darvozani ishg'ol qildi. 

70. ZARBAA. Oston O'runovning zarbasi aniq lekin sekin bordi. 

65. ZARBAAA. Kristian Brauzman jarima maydonchasi ichida zarba yo'llab ko'rdi. O'yindan tashqari holat ham bor ekan. 

62. O'ZGARISH. O'zbekiston, Xojiakbar Alijonov o'rniga Aziz Turg'unboev, Rustam Ashurmatov o'rniga Abdulla Abdullaev tushdi. 

60. O'ZGARISH. Qirg'iz Respublikasi, Kairat Jgalbek Uulu o'rniga Guljigit Alikulov tushdi. 

54. Shomurodovning zarbasi kuchsiz chiqdi. 

48. Yana Kojo. Nahotki uni to'xtatishning iloji bo'lmasa? To'p faqat Kojoga uzatilmoqda. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Nasrullaevning chap qanotdan bergan pasini Husniddin Aliqulov boshi bilan golga aylantirdi. 

43. Aliqulov va Kichin o'zaro to'qnashib ketdi. Kichinga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

41. ZARBAAAAA. Alijonovning ajoyib uzatmasini Masharipov boshi bilan darvozaga yo'lladi. Tokotaev vaziyat qahramoni. 

35. GOL. Mezbonlar hisobda oldinga chiqib oldi. Kichin jarima zarbasidan to'pni ichkariga uzatib berdi. Himoyadagi tartibsizlikdan Odiljon Abdurahmonov foydalanib ketdi. Himoyachilarimiz uxlab qolishdi. 

34. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Rustam Ashurmatovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

32. Terma jamoamizdan hujum. Kichin himoyada yaxshi o'ynadi. 

28. O'yinda temp pastladi. Hujumlar kamaydi. 

22. Srechko Katanec shogirdlari ustunlikni o'z tomoniga og'dirdi.

20. ZARBAAAA. Husniddin Aliqulovning boshi bilan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi. 

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Eldor Shomurodov birga-bir vaziyatda raqib himoyachisini ortda qoldirdi va darvozani aniq nishonga oldi. 

15. GOL. Qirg'iz Respublikasi hujumchisi Joel Kojo darvozamizni ishg'ol qildi. Alimardon Shukurovning markazga bergan uzatmasini Kojo golga aylantirdi. 

14. Ustunlik maydon egalariga o'tdi. Bo'shashmaymiz yigitlar. 

14. ZARBA. Alimardon Shukurov chap qanotga yaqin joydan zarba yo'lladi. Baxtimizga noaniq. Ikki jamoa tarkibida bugun Shukurovlar to'p tepmoqda. 

13. Qirg'iz Respublikasi vakillari ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirishdi. Himoyachilar o'z ishlarini yaxshi bajarishmoqda. 

8. ZARBAAAAAAA. Eldor Shomurodov hujum vaqtida to'pni Shukurovga qoldirdi. Otabekning kuchli zarbasini mezbonlar posboni Tokotaev qiyinchilik bilan qaytardi. Yaxshi Otabek!

5. Vakillarimizdan raqibga yaxshi pressing. Harakatlarimiz yomon emas hozircha. 

3. Raqiblar chap qanotdan hujum tashkil qildi. Kojoning zarbasi yo'liga Rustam Ashurmatov qalqon bo'la oldi. Burchak zarbasi esa noaniq ko'rinish oldi. 

2. O'zbekiston ilk daqiqalardan to'pni yaxshi nazorat qilmoqda. 

Uchrashuvga start berildi. Olg'a, O'zbekiston!

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Madhiyalar yangradi.  


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Yusuf Schoyimov
10 sep 2024
Катанецни емонлайдиган кисиб юринглар
Vasliddin Eshpulatov
10 sep 2024
Gollar shousi oxiri yaxshilikka boʻlsin
Yusuf Schoyimov
10 sep 2024
Катанецни емонлайдиган кисиб юринглар
Raul-Madrid
10 sep 2024
bu gollardan qachon foyda bo'ladi qachonki darvozada tuzuk varatar tursa , varatamizga tepgani gol bo'lursa qiyin
Равиш
10 sep 2024
Ж.корея. Ва Уммон уйинини куриябман.Асабни чарчатишди .Гап йук Хайр жахон чемпионати.Бу асрда хам насиб килмас экан.
UzBekistanTEAMFCCC
10 sep 2024
Шу Асрор Алиқуловни бош билан ўйнашига беш кетаманда. Барака топ ота ўғил.
Jahongir Ergashev
10 sep 2024
Qirg'izlar b.n o'yindan keyin xuddi yapon yoki koreyslarni yutgandek quvonaman deb o'ylomovdim.
Абдугаффор . N
10 sep 2024
Ички хотиржамлик. Вакт бор, ютволамиз
WalveRine-_-6
10 sep 2024
Qirg'iziston juda noqulay va xaos futbol korsatib qiynab tashadi himoyani. topni olgandan oldingi tepib yuborarkan. KXDR bilan oyinda markazda havodan kelgan toplarni oziga boysundirolmaganini etiborga olgan ekan Qirg'iziston murabbiyi. nozik joydan zarba berdi
Нодирбек
10 sep 2024
Урунов йукол
Ko'proq ko'rsatish