JCH. Messi Argentina TJda Batistutaning natijasi, shu bilan birga “man of the match” sovrinlari bo'yicha o'z rekordini yangiladi

Eldor Akmurzayev
14 dec 2022
Qatardagi mundial yarim finalida Argentina 3:0 natijasi bilan Xorvatiyani engib, musobaqaning dastlabki finalchisiga aylandi.

Uchrashuvda penaltidan hisobni ochgan Lionel Messi JCHdagi umumiy gollarini 11 taga etkazib oldi va musobaqadagi eng yaxshi argentinalik to'purarga aylandi. 35 yoshli futbolchi bu borada Gabriel Batistutaning (10 ta) rekordini yangilashga erishdi.

Shu bilan birga, Leo 10-marotaba uchrashuvning eng yaxshi futbolchis deb tan olindi va mazkur natija bo'yicha o'z rekordi yangilashga erishdi. Eng yaqin taqibchilari Krishtianu Ronalduda (Portugaliya) 7 ta, Aren Robbenda (Niderlandiya) esa 6 ta “man of the match” sovrinlari bor.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Nazarbek (man utd)
14 dec 2022
Messi muxlislarini tabriklayman! Qarigan sari ochilib ketyapti.Eng pikiga chiqgan paytiday o'ynayapti.D.Fayziyev kecha o'yinni zo'r sharxladi.Taktika xaqidayam o'yinni umumiy kartinasi xaqidayam
leva8989
14 dec 2022
Nima bu gamma joy Messi bo'p kettiyu...xD
ishonch
14 dec 2022
Messi yana nima qilishi kerak, buyukligini isbotlashi uchun. Butun dunyo tan oldi, lekin o'zbekistonlin antiMessichilar tan olishmadi. Chunki ular futbolga tushunishmaydida.
Shakespeare
14 dec 2022
Antimessichilar sikilgan tovuqqa o'xshab yuribdi
ОЙБОТ
14 dec 2022
Футболда рекорд сўзи МЕССИга алмашиб қолибдими. МЕССИ N/1.Проста ҚОЙИЛ!!