Jekson "Chelsi"ga qaytadi

Sherzod Nurmatov
23 apr 2026, 16:00
Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, "Bavariya" hujumchisi Nikolas Jekson ijara muddati tugaganidan so'ng "Chelsi"ga qaytishi kutilmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, "Bavariya" rahbariyati va bosh murabbiy Vensan Kompani futbolchining o'yini va professionalligidan mamnun, ammo ikkinchi muddatga ijaraga olish yoki doimiy transfer bo'yicha muzokaralar hozircha olib borilmayapti.

Jeksonga boshqa klublardan jiddiy qiziqish mavjud, biroq u avval "Chelsi"ga qaytadi.

24 yoshli hujumchi ushbu mavsum Bundesligada 19 o'yin o'tkazib, 6 ta to'p kiritdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Chempionlar Ligasida 8 o'yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Plettigoal