

“Men unga o'ynash imkoniyatini berdim. Biroq hali unda bizning futbol haqida tushuncha yo'q. U boshqa chempionatdan keldi va bu erda hammasi qanday ishlashini bilmaydi. Shunday ekan unga vaqt kerak. U sabrli bo'lishi lozim. U bugun xatolarga yo'l qo'ymadi. Shuning uchun ham bugun uning o'yini uchun minnatdorchilik bidliraman”, - deydi Maran.

Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov A Ceriyadagi debyut o'yinida maydonda 63 daqiqa harakat qildi.



