Jerrard "Liverpul" bilan birga shug'ullanishini tasdiqladi
Aslanov Jasurbek
25 noya 2015
"Liverpul" sobiq sardori, hozirda "Los-Anjeles Gelaksi" sharafini himoya qilayotgan Stiven Jerrard bir muncha vaqt Yurgen Klopp jamoasida shug'ullanishini ma'lum qildi.
"Bir necha hafta "Liverpul" bilan birga shug'ullanaman. Tezroq Klopp qo'l ostida ishlamoqchiman. Undan bir-nima o'rganishga qiziqyapman" - deydi Jerrard.