Jeymi Vardi jarohat oldi

“Tulkilar” to'purari safdan chiqdi.

APLning 24-turi doirasida “Lester” o'z uyida “Vest Xem”ni qabul qilib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Biroq “tulkilar” uchrashuvning birinchi bo'limda asosiy hujumchisi Jeymi Vardi jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Uning o'rniga bahsni Kelechi Ixeanacho davom ettirdi. Hozircha Vardining jarohati qay darajada jiddiy ekanligi haqida rasmiy ma'lumot berilmadi.

Ma'lumot uchun, Jeymi joriy mavsum APL doirasida 17 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berdi.


Manba: Championat.asia