Jezus: "Braziliya va Angliya futboli o'rtasidagi farqni tezda his qildim"

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2017
"Manchester Siti" yangi futbolchisi Gabriel Jezus "Tottenxem"ga qarshi APLning 22-tur uchrashuvidan (2:2) so'ng, bahs haqida fikr bildirdi.

19 yoshli forvard bu o'yinda debyut qildi. U 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Braziliya va Angliya futboli o'rtasidagi farqni tezda his qildim, tezroq yangi uslubga ko'nikishim kerak. Bu erga o'rganish va jamoaga yordam berish uchun keldim. Golda omadim kelmadi: Urdim deb o'ylabman, ammo muxlislar uni nishonlamayotganidan hammasini sezdim, shu sababli o'zimdan xafa bo'ldim... Keyingi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz, hali imkoniyatlar bo'ladi. Manchesterda juda iliq kutib olishdi. Bunday qo'llab-quvvatlash bilan tezda ko'nikib ketaman" - deydi Jezus.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com