Jezush: "Stadiondagi muxlislarning 80 foizi Ronaldu uchun keladi"

Sherzod Nurmatov
21 avg 2025
"Al Nassr" bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoaning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning o'yini haqida gapirdi.

"Ronaldu – jahon futboli uchun ajoyib o'rnak. U 40 yoshda va aql bovar qilmas jismoniy tayyorgarligini namoyish etmoqda. Shuni ham unutmaslik kerakki, stadiondagi muxlislarning 80 foizi Ronaldu uchun yig'iladi. "Al Nassr" jamoasi jahon darajasidagi shunday yulduzga ega bo'lishga loyiq", – dedi Jezush.

40 yoshli Ronaldu "Al Nassr" safida jami 106 o'yin o'tkazib, 93 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: O Jogo