"Jirona" prezidenti va Gvardiolaning ukasi: "Barselona" o'z sovrinlarini to'g'ri yo'l bilan yutgan"

Aslanov Jasurbek
10 apr 2023
"Jirona" prezidenti Pere Gvardiolaning fikricha, Negreyra ishi "puflangan shar"ga o'xshaydi.

Oldinroq, Kataloniya klubi 2016-2018 yillarda o'sh apayt hakamlar qo'mitasi vice-prezidenti bo'lgan Xose Mariya Enrikes Negreyrega 1,4 mln. evro o'tkazib bergani aytilgan edi. Klubdagilar bu to'lov yosh futbolchilar hisoboti va hakamlik uchun amalga oshirilgan deyishdi. Keyin "Barselona" Negreyrega 2003 yildan beri umumiy 4,7 mln. evro to'lagani malum bo'ldi.   

"Biz tekshiruv ishlarini o'tkazib, nima sodir bo'lganini aniqlashimiz kerak. Bu ish uchun uzoq vaqt davomida pul to'langani g'alati.

Madriddagilar ushbu vaziyatdan maksimal foyda chiqarish uchun hamma ishni qilishmoqda. Bu ishning o'z ustalari bor. Men bilgan yagona narsa, "Barselona" barcha sovrinlarni to'g'ri yo'l bilan yutgan" - deydi Pep Gvardiolaning ukasi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: Diario Sport

Izohlar

Madridist Real Blancos
11 apr 2023
Yosh futbolchilarni ruyxatdan ótkazishni hakamlar nazorat qilarkanmi
Valverde Fede
11 apr 2023
2016 -17 yil 25 ta penalti qo'yib bergandi sudyalonaga kuchlik 5 lik chempionatida rekord korupsiya bilan xal qilgandi
Marcos_Rojo5
11 apr 2023
Nimaga unda Gvardiolayam Barcelonayam oshandan beri Chempionlar ligasini yutolmayotgan ekan a ?
Qatar 2022ga boramizmi
11 apr 2023
Nima sovrin yutibdi ōzi laligada kumush va bronzalarni nazarda tutyaptimi