Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasida yig'ilish

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2018
Jizzax Politexnika instituti majlislar zalida Viloyat futbol assotsiatsiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Viloyat futbol assotsiatsiyasi vakillari, jamoalar va futbolchilar ishtirok etgan tadbirda Jizzax viloyati xokimi, Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ergash Saliev, Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi prezidenti Anvar Musulmonovlar so'zga chiqib, viloyat futbolining bugungi ahvoli, yosh futbolchilarga qaratilayotgan e'tibor, tumanlardagi futbol maydonlarining holati va ularni yaxshilash, yoz mavsumida tatilda bo'ladigan maktab o'quvchilari o'rtasida futbol musobaqalari tashkil etib ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish borasida so'z yuritdilar.

Yig'ilish so'ngida Jizzaxda futzal bo'yicha mehnat jamoalari o'rtasida 2-liga viloyat chempionati g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Жиззах ФА матбуот хизмати