Joan Garsiya "Barselona"ga o'tish uchun o'z shartnomasini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2025
Joan Garsiya tez orada "Barselona" futbolchisi sifatida e'lon qilinadi.

"Espanol"ning 24 yoshli darvozaboni Joan Garsiya 25 million evro tovon puli to'lab o'z shartnomasini sotib olganini e'lon qildi.

Avvalroq, futbolchi "Barselona"ga o'tishi e'lon qilingan edi.

O'tgan La Liga mavsumida Garsiya 38 o'yinda 51 gol o'tkazib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: rcdespanyol.com