

Prezident 44 yoshli mutaxassis bilan mavsum yakunidan so'ng yaxshilab gaplashib olmoqchi va u bilan uzoq yilga mo'ljallagan reja tuzishni maqsad qilgan.
Laporta Xavini Barselonada qoldirishni istayotganini asosiy sabablari sifatida yoshlar bilan sifatli ishlashi, yoshi katta futbolchilar orasida obro'si kattaligi va qiyin moliyaviy muammolar davrida ham ajoyib ishlayotgani keltirilgan.
Xavi Barselonani 2021 yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakunlanadi. Biroq mutaxassis yanvar oyida mavsum yakunidan so'ng jamoani tark etishini ma'lum qilgan.
Xavi Barselona bilan Ispaniya chempionligi va Superkubogini qo'lga kiritdi.



