Jon Barns: "Real" – CHL favoriti. PSJda tajriba kam, "Bavariya" hayratlantirmayapti"

Aslanov Jasurbek
22 mar 2025
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jon Barns "Real"ni Chempionlar ligasi favoriti deb hisoblaydi.

Jon Barns "Real"ni Chempionlar ligasi favoriti deb hisoblaydi.

– Sizning Chempionlar ligasidagi favoritingiz kim?  

– Hozir "PSJ" Neymar, Mbappe va Messi bo'lgan davrga qaraganda ancha muvozanatgan egadek ko'rinadi. Lekin tajriba katta ahamiyatga ega va Chempionlar ligasida tajriba yo'qligi ular bir marta finalga chiqqanini, lekin g'olib bo'lmaganini ko'rsatadi.  

"Barselona" hamon ajoyib jamoa, lekin ularda yosh o'yinchilar bor, ular yoshligi sababli tajribasiz.  

"Real" qanday o'ynayotganidan qati nazar, men uchun ular favorit. CHLda g'alaba ular uchun La Ligadagidan muhimroqdek tuyuladi. Shuning uchun ular favorit.  

Biroq "PSJ" – juda kuchli, muvozanatga ega jamoa bo'lib, har kimga muammo tug'dirishi mumkin. 

"Bavariya" ham kuchli bo'lishi mumkin. Ular o'yinlari bilan hayratlantirmayapti, lekin zamonaviy futbolda o'z o'rnini topib kelmoqda, Keyn gol urib turibdi. Shu sabab ular ham u erda bo'lishi mumkin, lekin men uchun "Real" favorit, – dedi Angliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: PokerScout.com

Izohlar

BXZ BXZ
22 mar
Чемпионлар лигасида битта фаворит бу́лмаган ва бу́лмайди камида 4-6 та фаворит бу́лади шунинг учун энг кучли турнир деб айтилади. Реал ,Барселона , Псж , Бавария бу йилги асосий фаворитлар бу́лса керак яна яратгувчи билгувчидир ваАлдахуалам
Murod Xudoynazarov
22 mar
Реал хар кандай мусобакада фаворит булиб колаверади чунки улар бу турнирнинг Кироли буладилар
Барса1970
22 mar
Бир гапни икки марта такрор ёзиш шартми
Барса1970
22 mar
Жон Барнс "Реал"ни Чемпионлар лигаси фаворити деб ҳисоблайди. Икки марта
Бавария & Ливерпуль
22 mar
Менга ҳам Реал ва Барса ёқмайди, лекин бу иккисисиз мен учун, нафақат ҳақиқий футболнинг ашаддий мухлиси учун томошани қизиғи йўқ Реал ва Барса финалда ӯйнаса зӯр бӯлар эди...