Jon Terri Chempionship jamoasini boshqarishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 dek 2025
"Chelsi" va Angliya termasi sobiq himoyachisi Jon Terri "Oksford Yunayted" jamoasini boshqarishi mumkin.

Chempionship klubi rahbariyati Terrini kuzatib bormoqda. Biroq mutaxassisning o'zi menejment sohasida o'zini sinab ko'rmoqchi. Tomonlar ilk muzokaralarini yaqin vaqtlarda o'tkazishi mumkin.

"Oksford Yunayted" Chempionshipning 23 turidan keyin 22 ochko to'plagan holda, 21-o'rinni egallab turibdi. Jamoa faqatgina urilgan gollar evazigagina havfli hududdan teparoqdan joy olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun