Jorjino va Emerson o'ziga xos natijaga erishdi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2021
Londonning "Chelsi" klubi a'zolari Jorjino va Emerson Palmeri Yevropa futboli tarixini qayta yozishdi.

Ular bir yil ichida Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Yevropa chempionati g'olibligini qo'lga kiritgan birinchi futbolchilar bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" 29 may kuni Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi va kecha tunda UEFA Superkubogini yutdi.

11 iyul kuni Jorjino va Emerson Italiya termasi bilan Evro-2020 finalida Angliyani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com